Sajdai saxfda bir tomonga salom beriladimi

Assalomu alaykum! Kitobda sajdai saxf haqida o‘qib qoldik. Namozda vojib amalni unutib qoldirsa Attahiyatdan so‘ng imom 1 elkaga salom berib 2 marta sajda qiladi yolg‘iz o‘qiganda esa 2 elkaga salom berib 2 marta sajda qiladi deyilgan. Bir domladan so‘rashganda ixtilof bor yolg‘iz o‘qigan odam ham 1 elkaga salom bergani ma’qulroq dedi. Bizga yordam bersangiz iltimos. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkisi ham joiz. Kim ustozidan qaysi bir usulda qilishni o‘rgangan bo‘lsa o‘shani qilaveradi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar