Mavlud ukish xakida

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYMOlamlarning Robbisi Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin.Sayyidi koinot Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salovotu salomlar bo‘lsin.Sahobai kiromlarga Alloh taoloning roziligi bo‘lsin.Islom ulamolariga va mashoyixlariga Alloh taoloning rahmati bo‘lsin.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.Xurmatli va sevikli Ustoz, ushbu oyda, masjidlarda juma namozidan oldin mavlud ukilmokda. Ya’ni Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollalloxu alayxi vasallamning tugilgan oyi munosabati bilan. Mavlud ukitish xakidagi fatvoingizni ushbu saytda ukiganimda "Shariatda yuk" deb yozgansiz. Yukorida yozganim kabi mavlud ukitish shariatda bormi? Ushbu mavludni ukisak bid’at bulib kolmaydimi? Ushbu masalaga oydinlik kiritib bersangiz.Allox subxanaxu va taolo Sizdan rozi bulsin. Omiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nima uchun xilof qilamiz?Yuqorida zikr qilingan mavludga ruxsat bergan ulug‘ ulamolarning dalil va hujjatlariga qaramay, mavludga qarshilarning gaplari ba’zi noshar’iy ishlarni ro‘kach qilishdan boshqa narsa emasligiga qaramay, bir toifa vatandoshlarimiz mavludga ashaddiy ravishda qarshi chiqishni o‘zlarining asosiy mas’uliyatlari deb biladilar. Ular: mavlud bid’atdir, u Rasululloh sollalohu alayhi vasallam va salafi solihning davr-larida yo‘q edi, keyin paydo bo‘lgan yangi narsadir, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam «Ishlarning eng yomoni yangi paydo bo‘lganlaridir. Har bir yangi chiqqan ish bid’atdir. Har bir bid’at zalolatdir. Barcha zalolat do‘zaxdadir», deganlar. Kim mavlud qilsa, u bo‘ladi, bu bo‘ladi, deb takrorlashdan charchamaydilar. O‘z-o‘zidan «bundan nima foyda bor?» degan savol paydo bo‘ladi. Xilofchi toifa bunga nima deb javob beradi, bilmaymiz. Ammo o‘zimiz bu ma’noda o‘ylab ko‘raylik.Mavlud masalasida xilofchi toifaning barcha gaplarini qabul qildik, deb faraz etaylik. Bid’atning yaxshisi yo‘q, hammasi zalolat deylik. Musulmon ummatining barchasi qadimdan hozirgacha ittifoq qilib kelgan buyuk haqiqatni inkor qilib, shariatga Qur’on va Sunnatdan boshqa manba yo‘q ham deylik. Mavlud shu asosda hech narsaga arzimaydigan narsa ham deylik.Ammo ummatning e’tiborli ulamolari ixtilof qilgan masalada talashib-tortishish mumkin emas, degan qoidaga nima deymiz?! Ittifoq qilgan narsamizda hamkorlik qilamiz. Ixtilof qilgan narsamizda bir-birimizning uzrimizni qabul qilamiz, degan ulug‘ qoida nima bo‘ladi?! Axir Allohga da’vat qilish, amri ma’ruf va nahyi munkarning bosh odoblaridan biri munkarligiga ummat ijmo’ qilgan narsaga qarshi birgalikda kurashib, musulmonlar ixtilof qilgan ijtihodiy masalalarga sho‘ng‘imaslik emasmidi?!Yoki hayotimizda mavluddan boshqa e’tibor beradigan narsa qolmadimi?!Hech bo‘lmaganda ochig‘ini tan olaylik. Bu masalada musulmonlar jumhuri bilan bir guruh orasida ixtilof bor, deylik. Bu kabi masalalarda bir-birini malomat qilib bo‘lmaydi, deylik.MavludchilargaMavlud tarafdorlari e’tibor berishlari lozim ishlar ham anchagina. Avvalo, mavludning haqiqatini va undan ko‘zlangan maqsadlarni ravshan bilib olish kerak. Bu haqiqatni boshqalarga ham etkazish lozim. Eng muhimi, mavlud marosimlari haqidagi mayda ixtiloflarga barham berish zarur. Ming afsuslar bo‘lsinki, bu xildagi noqulay holatlar ko‘pchilikni tashvishlantirishiga qaramay, davom etib kelmoqda.Mahalli qiyom haqida va unda o‘qiladigan matn haqidagi ixtiloflar ko‘pchilik afsusiga sabab bo‘lmoqda. Mavlud yaxshi niyat bilan boshlangan ish bo‘lganidan ke-yin unda bu kabi noqulay holatlarning yuzaga kelishi tamoman maqsadga nomuvofiq ishdir.Mahalli qiyomda–ya’ni Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning tug‘ilishlari haqidagi xabar o‘qilganda mavlud ishtirokchilarining o‘rindan turishlari juda ham tortishadigan masala emas. Turishni istaganlar tursin, istamaganlar turmasin. Ammo, eng muhimi, ixtilof qilmasin, birbirlari bilan janjal qilmasin.O‘sha paytda «muhayayan» deb o‘qiladimi yoki «tola’al badru»mi degan tortishuv ham xuddi avvalgisiga o‘xshash. Tortishishning o‘rniga ikkisini ham o‘qib qo‘ysa, ayb bo‘ladimi? Agar kimning aytganini avval o‘qish to‘g‘risida talashuv bo‘lsa, qur’a tashlab aniqlasa bo‘lmaydimi?Nima qilib bo‘lsa ham, bu masalada musulmonlar orasida ixtilof qo‘zg‘almasligi uchun chora ko‘rish lozim. Mandub bid’at narsani qilaman deb, harom ishga qo‘l urmaslik lozim.Eng muhimi, mavlud marosimiga kelganlar Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning haqlarida kerakli ma’lumotlarni olsinlar, o‘zlarida lozim bo‘lgan ma’rifat hosil qilsinlar. Bid’at-xurofotlarga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasin! Barcha yaxshiliklar targ‘ib qilinsin!Mavridi kelganda, bir necha yil avval mavlud haqida e’lon qilingan, ammo ko‘pchilikka etib bormagan bir maqolamni ham e’tiboringizga havola etishga ijozat bergaysiz.Payg‘ambarimiz alayhissalomning mavludlari – nurning tug‘ilishiMana, kun o‘tib, hafta o‘tib, oy o‘tib yana Rabi’ul-avval oyi keldi. Ahli musulmon bu oyning boshqa ismlarini qo‘yib, qisqa qilib «Mavlud oyi» deb nomlaydigan oy keldi. Tug‘ilish oyi. Ha, payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilish oylari. U kishining siymolarida insoniyatning zalolat qorong‘uligidan hidoyat yorug‘ligiga boshlovchi nurning tug‘ilish oyi. Jaholat botqog‘iga botib yotgan insoniyatni xalos qirg‘og‘iga olib chiquvchi kuchning tug‘ilish oyi. Insoniyatni ikki dunyo saodatiga erishtiruvchi xaloskorning tug‘ilish kuni.Mulohaza qiladigan bo‘lsak, dunyodagi barcha millat va elatlar, xususan turli dinlar vakillari o‘z ulug‘larining, rahnamolarining tug‘ilgan kunlarini alohida e’tibor bilan nishonlaydilar. Ko‘plari esa o‘sha kunlarni o‘z tarixlarining boshlang‘ich sanasi qilib olganlar.Ming afsuslar bo‘lsinki, musulmonlar o‘zlarining mahbub payg‘ambarlari, sarvari koinot bo‘lmish Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan kun va oylarini o‘zaro ixtiloflar bilan kutib oladilar. Har yili Rabi’ul-avval oyi yaqinlashishi bilan, «Mavlud» nomli marosim haqidagi ixtiloflar yangidan boshlanadi. Ko‘pchilik bu ishni qilish yaxshi desa, ba’zilar bu bid’atdir, har bir bid’at esa zalolat, har bir zalolat kufrdir, deydi. Natijada, yillar bo‘yi davom etib kelayotgan ixtilof yangidan boshlanadi. Yana avval boshdan eski gaplar qo‘zg‘oladi. Ikki taraf bir-biriga qarshi fatvolar chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida ikki taraf ham ittifoq qilgan narsa–Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari va ta’limotlarini xalqqa etkazish ishini orqaga suradi, zaiflashtiradi.Ko‘rinib turibdiki, befoyda tortishuvlarni yig‘ishtirib qo‘yib, har ikki tomon ixtilof qilayotgan narsalarida o‘z fikrlarida qolgan holda, ittifoq qilgan narsalari nabiylarning xotimi Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sifatlariyu siyratlari, vasiyatlariyu sunnatlarini xaloyiqqa etkazishga e’tibor bersalar yaxshi bo‘lar edi.Shak-shubha yo‘qki, har ikki tomon ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga o‘z muhabbatlarining cheksiz ekanligini da’vo qiladilar. Har ikki tomon ham Allohga muhabbati zo‘r ekanligini ta’kidlaydi. Allohning muhabbatiga sazovor bo‘lish umidida ekanligini izhor etadi. Alloh subhanahu va taolo esa o‘zining qiyomatgacha boqiy mo‘’jizasi Qur’oni azimushsha’nda Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning tillaridan: «Agar Allohga muhabbat qiladigan bo‘lsangiz, menga ergashing, Alloh sizga muhabbat qiladi», deydi.Allohga muhabbat borligini da’vo qilgan odam Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergashsin. Allohning muhabbatiga erishishni orzu qilgan odam ham Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergashsin. Agar musulmon ulamolar, xutobolar, yozuvchilar va talabalar mavlud haqidagi ixtilofga sarflanayotgan bilim, kuch-quvvat, aql-zakovat, moddiy va ma’naviy imkoniyatlarini yuqorida zikr qilingan haqiqatni dunyoga tarqatishga sarf qilganlarida, ayni muddao bo‘lur edi. Shu o‘rinda qadimgi musulmon fotihlar hayotida bo‘lib o‘tgan bir ibratli hodisani eslab o‘tish joiz. Er yuziga Islom nurini taratish, insonlarni turli tuzumlar zulmidan Islom adolatiga olib chiqish, bandalarga qullik qilish xorligidan, Allohga bandalik qilish sharafiga erishtirish uchun chiqqan fotihlardan bir guruhi bir necha bor urinsalar ham bir joyni fath eta olmabdilar. O‘ylab ko‘rishsa, avvallari bundan bir qancha qiyin ishlarni ham osonlik bilan amalga oshirgan ekanlar. Ammo, bu sirni tushuna olmay xunob bo‘libdilar. Kelishib, tafakkur qilib bu g‘alati ishning sababini topishga qaror qilishibdi. Tuzukroq o‘ylab qarashsa, o‘sha kunlari ba’zi omillarga ko‘ra, habib payg‘ambarlari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan biriga amal qila olmagan ekanlar. Hammalari o‘zlariga kelib, o‘sha tark etilgan nabaviy sunnatga amal qilibdilar va darhol fathu nusratga noil bo‘libdilar.Ushbu qissa bugungi kunda nafaqat bitta sunnati nabaviyni, balki hamma sunnat, vojib va farzlarni tark eta turib, nima uchun musulmon bo‘lsak ham, payg‘ambar ummati bo‘lsak ham muvaffaqiyatga erisha olmayapmiz, deyayotganlarning ko‘zini ochishi kerak.Bundan kelib chiqib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergashmaganlar Allohga muhabbatlari borligini da’vo qilmasinlar hamda Allohning muhabbatidan umidvor bo‘lmasinlar, deyishi mumkin. Chunki yuqorida zikr qilib o‘tilganidek, Allohning o‘zi Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tillaridan: «Agar Allohga muhabbat qiladigan bo‘lsangiz, menga ergashing, Alloh sizga muhabbat qiladi», demoqda.Insoniyatga ikki dunyo baxt-saodatini ta’min etuvchi ilohiy ta’limotlarni olib kelgan, butun olamga rahmat etib yuborilgan Rasuli akram, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning mavludlarini eslayotgan bugungi kunimizda, butun olam u kishining zotlariga, sifatlariga va ta’limotlariga qanchalik muhtoj ekanligini asrimizning buyuk aql egalaridan biri, zabardast ingliz mutafakkiri va yozuvchisi Bernard Shou o‘zining: «Agar Muhammad payg‘ambar tirik bo‘lganida zamonamiz muom-molarini bir piyola choy ustida hal qilgan bo‘lar edi», degan so‘zlari bilan ifodalagan edi.Agar buyuk yozuvchining bu so‘zlari Bernard Shouga o‘xshash g‘arbliklar uchun shonu-sharaf bo‘ladigan bo‘lsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ummatlikni da’vo qilib turib, u kishiga ergashmay yurgan sharqliklar uchun oru- nomusdir.Ha, insoniyat bugungi kunda sarvari koinot Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning ta’limotlariga, u kishining shaxsiy sifatlariga nihoyatda muhtojdir. Birgina husni xulq-odob, axloqni olib ko‘raylik. Insoniyat bugungi kunda odobsizlik, axloqsizlik botqog‘iga botib yotibdi. U hozir Muhammad sollallohu alayhi vasallamda mujassam bo‘lgan rostgo‘ylik, mehribonlik, juvonmardlik, ahdiga vafo qilishlik, omonatdorlik, saxiylik, halimlik, shijoatlilik kabi ko‘plab yaxshi sifatlar bilan sifatlanishga juda ham muhtoj. Komil inson bo‘lmish Muhammad sollallohu alayhi vasallam komil axloq egasi ham edilar. Bu sifatni vasf etish uchun oddiy inson tili ojizlik qiladi. Bu boradagi vasf insonlarning Rabbisi tomonidan kelmishdir. Alloh jalla jaloluhu o‘zining mahbub payg‘ambari Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga bu haqda Qur’oni majidda xitob qilib: «Albatta, sen ulug‘ xulqdasan», deydi.Demak, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning axloq-odoblari oddiy axloq-odob emas, ulug‘ axloq-odobdir. Binobarin, u kishiga ergashganlarning axloq-odoblari ham shunday bo‘lmog‘i darkor.Kishilar Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning zavjai mutahharalari, mo‘minlarning onasi Oshai Siddiqa roziyallohu anhodan u Zoti bobarakotning xulqlari qanday bo‘lganligi haqida so‘raganlarida: «U kishining xulqlari Qur’on edi», degan ekanlar. Bu degani, u zot Qur’onda kelgan hamma yaxshi sifatlarni o‘zlarida mujassam qilgan edilar, deganidir. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Qur’ondagi yaxshi sifat va ta’limotlarni nafaqat o‘zlarida mujassam qilgan edilar, balki ularni harfma-harf o‘z ummatlariga tadbiq qilib, ko‘rsatib ham bergan edilar. U zotdan bevosita ta’lim olgan sahobai kiromlarning har birlari er yuzida qadam tashlab yuradigan tirik Qur’onlarga aylandilar. Buning samarasi o‘laroq, ular qisqa muddat ichida butun dunyoga Islom nuri taralishiga sabab bo‘ldilar.Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, bugunga kelib musulmonlar tirik Qur’on bo‘lish uyoqda tursin-u, ko‘plari Qur’on nimaligini, uning birorta surasini maromiga etkazib tilovat qilishni ham bilmaydigan holga keldilar.Qur’oni azimush-sha’nda ulug‘ xulq egasi sifatida vasf qilingan, o‘zlarining xulqlari Qur’on bo‘lgan, husni xulqlilarning imomi bo‘lgan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning mavludlari-tug‘ilishlarini eslayotgan bugungi kunimizda u kishiga to‘liq ergashadigan, u kishining xulq-larini o‘ziga xulq qilib oladigan, u kishining ta’limotlarini to‘liq o‘zlashtirib, er yuzida tirik Qur’on bo‘lib yuradigan musulmon ummatining qaytadan tug‘ilishi uchun harakat boshlash zarurligini ham eslashimiz lozim.Mahbub Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning mavludlarini eslar ekanmiz, u kishiga sodiq ummat bo‘lish ahdini yangilaymiz.Mahbub Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning mavludlarini eslar ekanmiz, u Zotga salovotu salomlar yuboramiz, Alloh taolodan bu dunyoda u kishiga ergashib yashashlikni nasib etishini, u dunyoda O‘zining roziligiga va pay-g‘ambarining shafoatiga muyassar qilishini so‘raymiz. Omiyn!

20 Aprel 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 158 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar