Mayyit yoki mayyita

Alloh sizga kuch-kuvvat bersin, amin. Ustoz men va men qatori ko‘p o‘zbeklar chet elda baholi qudrat ibodat va tirikchilik qilib yuribmiz. O‘lim haq! Har bir kishini boshiga bor ish. Bir birodarni musofirlar haqidagi savoliga siz musofir ta’ziya marosimlari haqida hamma sharoitni bilishi kerak, deb javob bergan edingiz. Savol shundayki, inson o‘lib qolsa qaysi chet el davlatida bo‘lsa o‘sha erdagi musulmonlar qabristoniga ko‘mish kerakmi yoki O‘zbekistonga olib kelib grobdan olib shariatga mos ravishda yuvib, janozasini o‘qib ko‘mish kerakmi? Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘lgan insonni tezda tuproqga egasiga topshirish kerak deganlar. Bu erlarda o‘lgan mayyitni o‘likxonaga olib borib ichini yorib dorilab grobga solib o‘z yurtiga uzatisharkan (bu mayyitni egalari o‘z yurtiga olib ketadiganlar uchun) shunday qilib berisharkan. Uni ustiga anchagina xarajatlar ham bo‘larkan. Ustoz sizdan iltimos, shu masala savolga menga aniqlik kiritib bersangiz. Qolgan bilmagan birodar musulmonlarga engillik bo‘larmidi. Hozir chetda yurgan o‘zbeklar har xil sabablarga ko‘ra o‘lim sharbatini ichishyapti. Ikkinchidan hali bir ikki chaqa pul ishlaganmi yo‘qmi O‘zbekistonga mayyitni elitish uchun mayyit egalari qarzdor bo‘lib yana og‘ir ahvolga qolishyapti. Shuning uchun qolganlarga engil tomonini aytib to‘g‘ri yo‘l-yuriq ko‘rsatsangiz. Javob va maslahatingiz uchun oldindan rahmat. Haqqimga duo qilib qo‘ying. Alloh o‘z panohida asrasin sizni.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘lgan eriga, yuvib, kafanlab, janozasini o‘qib, musulmonlarning qabristoniga shariatga muvofiq qilib ko‘mgan afzal.

26 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 203 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar