Nisobga etdimi
Assalomu alaykum! Ota-onam qilib bergan ko‘rpa-to‘shak el qatori, keyin o‘sha vaqtda eng arzon mebelni 2mln ga olganmiz. Erim qilgan 2gr li uzugim va 2gr li zanjirim bor va yaqinda 2gr li uzuk oldim. Mani molim nisobga etganmi yo ota onam qilib bergan buyumlar kirmaydimi? Nisobga etgan inson xar yili zakot berishi kerak ekan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onangiz qilib bergan buyumlar iste’mol buyumlari hisoblanadi. Ularni zakot nisobiga qo‘shilmaydi. Tillalaringiz 85gr ga etsa yoki boshqa pullaringiz ham tillalaringizga qo‘shilib 85gr tillaning qiymatiga etsa va bir yil tursa zakot farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:23 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar