Sharh so‘rab

Assalomu alaykum! Hazrati Umar roziallohu anhudan aytilgan quyidagi mazmundagi jumlalarni o‘qidim. Ya’ni bandaga taqdir qilingan narsalar xaqiqati pardasi ko‘tarilganida, bandaning o‘zi xam Alloh unga lozim ko‘rgan taqdirni tanlagan bo‘lardi(ma’nosi shunga yaqin). Savol: Bunda bandaning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan taqdir(ota-onasining kimligi, o‘zining shaklu-shamoyili, jinsi va xokazo) yo‘llari xaqida gap aytilganmi? Inson hayoti davomida qanchadan-qancha nafsini jilovlay olmay razil ishlarga qo‘l uradi. Zino, ichkilik, o‘g‘rilik.... Xar xolda gunoxlarini anglab tavba qilgan odam bu gunoxlardan nafratlanadi.... O‘zi shu taqdir yo‘lini tanlar edi deganda anglanadigan ma’noni tushunishda yordam bersalaringiz, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan taqdiriga tegishli. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 23:34 | Savol-javoblar | 138 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar