Tibbiy sug‘urta

Assalomu alaykum! Ishxonamiz hamma ishchi xodimlarini tibbiy sug‘urta qildiradi, bunda biz ishchilardan ixtiyor va pul so‘ralmaydi. Ya’ni kompaniya har bir xodim uchun taxminan 1mln so‘m to‘laydi, sug‘urta kompaniyasi har bir xodim uchun 6 mln tibbiy ko‘rikdan o‘tish va dori darmon olish uchun mablag‘ ajratadi. Kompaniya to‘lagan 1 mln xisobidan, har bir xodimdan nalog ushlanib qolinadi. Shu xolatdiga sug‘urtadan foydalanish (tibbiy ko‘rik va dori olish) joizmi? Shariatga asoslangan sug‘urta xaqada xam ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizdan qancha pul olingan bo‘lsa o‘shanchani qaytarib olishga haqqingiz bor. Chunki bu bergan qarzingiz hisoblanadi. Ortig‘ini olishingiz joiz emas. Shariatga muvofiq sug‘urtani takoful deyiladi. Biz o‘zbekistonda shu kabi ish yurituvchi o‘zaro takofulni bittasini bilamiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 23:34 | Savol-javoblar | 175 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar