Zargarlar xaqida

Assalomu alaykum! 6343-savolda bir-oz anglashmovchilik yuzaga kelib, javobdan kelib chiqib, barcha (shu jumladan Allohdan qo‘rquvchi, birovning xaqqidan extiyot bo‘luvchi) zargarlar xam yomon otliq bo‘lib qolibdi. Iltimos savolning noto‘gri berilganligini inobatga olib, zargarlar sha’nini oqlashda yordam bersangiz. Savoldagi xatolik shu-ki, xomashyo oltin (zoloto lom) narxi va zargarlik buyumi (za gramm izdeliya) narxi degan ikki xil o‘lchov birligi mavjud. Zargarlik buyumi sotib olinganda, xaridor pulni "falon gramm zargarlik buyumi"ga to‘laydi, ya’ni buyumda ko‘z, tosh, buyoq (emal) yoki boshqa bezak qismi xam bo‘lishi mumkin va buni xaridor ko‘rib / bilib turadi. Savolda kelganidek - oltinga (zoloto lomga) deb pul to‘lamaydi. qolaversa, savolda, 1 gramm tillo (zoloto lom) va tayyor zargarlik buyumi (za gramm izdeliya) bir xil narxdan xisoblangan va usta ish xaqqisi shubxa ostiga olingan. Natijada tushunmovchilik yuzaga kelgan. Iltimos, javobni telegram kanalida xam chiqarsangiz. Xaridorlarga manfa’t bo‘lsa. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Grammlab sotmasin. Turishi deb sotsin. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar