Rasulullohni tushda ko‘rish hadisi

Assalomu alaykum! Bir hadis haqida o‘qib qoldim Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: - “Kimki juma kechasi* ikki rakat namoz o‘qib, namozning har bir rakatida “Fotiha”dan keyin “Oyatal kursi”ni bir marta, “Ihlos surasi”ni o‘n besh marta o‘qib salomdan keyin ming marta salovat aytsa, albatta u keyingi jumaga etmasdan meni tushida ko‘radi”. Shu hadis to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunaqa hadis yo‘q. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 23:45 | Savol-javoblar | 174 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar