Jrohat bo‘lsa taxorat

Assalomu alaykum! Yakinda Operatsiyadan chikdim. Xar kuni perevyazka qilish kerak, uni doktorlar qilishadi, o‘zim qilolmayman. Shu paytda qon chiqadi va bog‘langan bintda qotib qolarkan. Namozdan oldin taxorat olib, bintni ustiga xam suv tekkizib namoz o‘qidim, ammo bintni o‘zim olib tasholmadim. Shu namozlarim durust bo‘lganmi? Bint xam, unga tekkan qon xam anchagina va bint tanamga yopishtirilgan
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qonni to‘xtatib jabira bog‘lasangiz o‘shanga mash tortib o‘qiysiz. Agar qon ko‘p chiqib jabiradan ham o‘tib ketsa unda uni yangilash kerak bo‘ladi. Agar almashtirish imkonsiz bo‘lsa, qon miqdori ko‘p bo‘lmasa, o‘qiyverasiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar