G‘ayridinlar narsasidan foydalanish
Assalomu alaykum! Men yaqinda logistika firmasida ishlashni boshladim. Menga shubhali ko‘rinayotgan narsalarni sizlardan so‘rab bilib olishni niyat qildim. Kompaniyamiz amerikaning bazi kompaniyalariga tegishli bo‘lgan treylerlarni ulardan beruhsat olib foydalanib yana boshqa bir shu kompaniyaning filialiga qo‘yib ketisharkan. Shu holatda g‘ayridinlarning buyumini beruhsat foydalanganimiz uchun gunohkor bo‘p qolamanmi? 2) Bitta haydovchisi bor yuk tashish mashinasiga 2ta haydovchi deb yuk olisharkan. Yuk ular so‘ragan vaqtda ular so‘ragan shaklda manziliga etkaziladi. Lekin shu joyida hiyla ishlatisharkan. Shu narsani ishlatib haydovchilarimizga yuk olib bersam shu uchun olgan pulim harom bo‘ladimi? Bu ikki narsani o‘zgartirish qo‘limdan kelmaydi. Yoki shu ishni qilishim yoki ishdan ketishim kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar ular foydalanayotganingizni bilsa norozi bo‘ladigan bo‘lsa joiz emas. 2). Bu yolg‘on. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:56 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar ular foydalanayotganingizni bilsa norozi bo‘ladigan bo‘lsa joiz emas. 2). Bu yolg‘on. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 23:56 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom