O‘zbekistondagi chet-el dori tarqatish firmasi

Assalomu alaykum! Aynan savolimga o‘xshash savol yo‘qligi uchun sizlarga savol yo‘llayapman. Savollarim: 1). Dori tarqatish firmasida reklamniy agent bo‘lib ishlash joizmi? Biz doktorlarga “bizda shu turdagi dorilar bor, biz bilan ishlaysizmi” degan ma’nodagi so‘larni aytamiz 2). O‘sha firmada har bir bemorlarga yozib bergan dori uchun doktorlarga aytaylik 5000 so‘mdan donasiga beriladi, lekin men u doktorlarga 3000dan deb aytsam bo‘ladimi? Sababi firma bilan doktorlarni orasida yo‘lkira sarflab ishlashga to‘g‘ri keladi. Firma yo‘lkira uchun men ishlatadigan pulni yarmini beradi halos. 3). Yoki doktorga men, sizga 5000 dan ajratiladi shuni 2000 so‘mini olib qolaman deb kelishib olishim kerakmi? 4). Firma setevoy marketing emas ekan, shunday firmada ishlash mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Agentlik bemorni aldash hisobiga bo‘lsa, mutlaqo joiz emas.  2). Asli joiz bo‘lmagan narsalarning natijasi ham mumkin bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:52 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar