Shubxalarni bartaraf etish

Assalomu alaykum! Bir kishi xidoyat topib xalol xaromni tushunib etdi, birovning xaqqi yomonligini anglab etdi, g‘iybat xaqida xam tushunib etdi. Endi o‘sha kishida shubxalar paydo bo‘lyapti masalan maktab, litseyda o‘qib yurgan paytlari ustozlar, qizlarni orqasidan g‘iybat qilish keng tarqalgan edi. Shuning uchun shu kishi shubxalarni yo‘qotish manosida xamma sinfdoshlarni va kursdoshlarni topib roziligini olmoqchi.  Buni qanday so‘rasa roziligini olgan bo‘ladi? Chunki u kishida shubxa bor xamma sinfdoshlarni yoki kursdoshlarni g‘iybat qilganligi aniq emas. Men seni g‘iybat qilganman deb yolg‘on aytsa xam bo‘lmaydi. 2). Shu xammadan so‘rash shartmi o‘zi? Chunki o‘sha kishi g‘iybat qilgan bo‘lsa xam o‘sha odamlarga etib borgani noaniq. 3) Musulmon bo‘lmagan kishini g‘iybat qilgan bo‘lsa va o‘sha kishini topish umidi umuman bo‘lmasa nima qiladi? G‘iybat qilgani o‘sha musulmon bo‘lmagan kishiga etib bormagani aniq. Shu shubxalarni bartaraf etishga yordam bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ochiq-oydin g‘iybat qilganman deb aytish shart emas. “mendan xato kamchiliklar, sizlar haqingizda noto‘g‘ri fikrlar o‘tgan bo‘lsa meni kechiringlar” deyish kifoya qiladi. G‘iybatingiz etib bormagan bo‘lsa aytishingizni ham hojati yo‘q. Haqqiga duo qilib qo‘ying. 3). Uni haqqiga hidoyat so‘rab duo qilinadi. Bu u uchun qilingan eng katta yaxshikl hisoblanadi. Chunki bir inson qalbdan his qilib kalimani aytib qolishni o‘zi, fosiqligi do‘zaxga tushsada abadiy do‘zaxda qolish balosidan qutilib qoladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 00:51 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar