Dispetcherlik

Assalomu alaykum! Amerika kompaniyasida dispetcher bo‘lib ishlayman. Amerika qonunlariga ko‘ra har bir yuk mashinasi haydovchisi yo‘lga chiqishidan oldin 10 soat dam olishi kerak, kuniga 11 soatdan ko‘p mashina haydashi mumkin emas va yana mayda qonunlari bor. Haydovchilar 3-4 soat uxlab bizga qilib “10 soat qilib berilar” deyishadi. Biz ularga to‘g‘rilab beramiz yoki 11 soat haydab “yana haydashimga vaqt ochib berilar” deyishadi. Shu ishdan topgan pulim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan qonunlariga amal qilishingiz kerak. Mabodo shu tufayli zarar ko‘rilsa siz ham uning sababchilaridan bo‘lasiz. Agar ochib berishingiz uchun haq to‘lashsa olishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 183 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar