nikox marosimining shar’iy talabi

Assalomu alaykum, Xazrat!Men bilgan nikox borasida shariy xukmlardan ma’lumki, nikox xakkoniy xisoblanmogi uchun islom dinining shartlaridan biri bu – ikkala tomonning roziligidir. Va, men bilganim va tushunganim kadar, ushbu rozilik kelin-kuyov (yoki ularning vakillari tomonidan) lisonan bildirilmogi lozim. Shu nuktadan sizga kuyidagi meni kiynab kelayotgan savolni bermokchi edim.Biz juftim bilan turmush kurganimizga mana 11 yil buldi. 11 yil oldin, nikox ukitish marosimida kelin va kuyovdan tashkari yana 10-15 erkak kishi va 4-5 xotin kishilar guvox sifatida yigildi. Birlamchi suxbatdan sung, domla shariat tomonidan urnatilgan savol-javobni boshladi. Menga savol kilganda «xa, kabul etdim» degandim. «Endi xozir kelindan suraydi» deb uylagandim, ammo domla undan xech narsa suramadi, xolbuki kelin gung va kar xam emas edi. Keyin Kur’on ukildi. Undan sung domla kudalarni tabriklab, bir oz utirgach uzining ishlari bilan chikib ketdi. Keyin u kishi bilan uchrashish imkoni bulmadi, oxirgi gal suraganimda, u kishi xajda vafot etibdilar. Ushanda nikoximiz tugri amalga oshdimi-yukmi, balki u kishi men bilmagan nozik jixatlardan xabardor bulishi mumkin, deb uylagandim. Lekin kuni-kecha yana bir nikox marosimini kurganimdan sung va usha marosimda kelin-kuyov tomondan rozichilik yakkol aytilganni kurib, meni yana uylovlar kamrab oldi, naxotki bizning nikoximiz sodir bulmagan bulsa deb.Biz juftim bilan bir-birimizni sevib turmush kurganmiz, ya’ni nikoxda kelinni majburlash bulmagan. Iltimos Xazrat, ushbu kiynayotgan savolga uzingiz javob berib yul-yurik kursatsangiz. Allox Sizdan rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha marosimdagi boshqa kishilardan so‘rash kerak. Ehtimol, kelinning ishboshisi – otasi yoki vakil otasidan so‘ragan bo‘lishi mumkin. Yoki imomning o‘zi shu mmaqomda bo‘lishi mumkin.

28 Iyul 2022, 10:11 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar