Eski qarzni uzishda pulning qadri
Assalomu alaykum! Bundan 20 yil ilgari bir qarindoshimdan katta qarz olgan edim. Keyinchalik ishlarim orqaga ketib, qarzimni to‘lashga qurbim etmadi. Qarzim miqdori katta edi, 1ta kvartirani puliga teng edi. Xozir qarzimni uzishga sharoitim bor, lekin xozirgi xisobda bu pul valyuta ko‘tarilishi sababli arzimagan summani tashkil qiladi. Qarzimni qanaqa miqdorda qaytarishim kerak? Xozir o‘lchov bo‘yichami yoki 20 yil oldingimi? 20 yil oldingi o‘lchov bo‘yicha qarzim miqdori 1ta 2 xonali kvartirani puliga teng bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha olgan vaqtizda olgan qarzingizga qancha gramm tilla kelsa, hozir o‘shancha gramm tillani o‘zini yoki qiymatini bering. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 14:58 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat