Duolarim o‘rinlimi

Assalomu alaykum! 1. Sizdan so‘ramoqchi bo‘lganim shuki men ohirgi 2yil ichida sogligimdan ancha qiyinchilik kordim. Shu sababmi bilmadim O‘limni tez tez esga oladigan va bundan anchaq stress holatlaga tushib qoldim. O‘limdan qo‘rqqanimdan emas agar menga nimadir bo‘lsa ota onam farzandlarimni oylab shu hayollar meni judayam ezib qoydi. Hattoki qon bosimim oshadigan ham boldi. Namoz o‘qiganimda Allohdan 3ta farzandimni 3ta joynamoz ustida 5 vaqt namoz o‘qishni o‘rgatgunimcha sog omonlikda yurishimni so‘rab duo qilaman bu to‘g‘rimi yoki to‘g‘rimasmi. Bolalarim hali juda kichik kattam 6yosh eng kichigim esa 6 oyli godak.2. 1 tanishim o‘zing uchun sorama kopchilikka sorab duo qilsang qabul boladi dedi shu to‘g‘rimi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz noumid bo‘lmasdan Allohdan shifo so‘rang. Falon vaqtgacha deb ham o‘tirmang. Uzoq umr so‘rang. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 154 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar