Haromni inkor qilish

Assalomu alaykum! Bilamizki sigaret va nosning hukmi ulamolar ijmosiga ko‘ra harom qilingan. Aytingchi ularning haromligini inkor etgan odamning hukmi ham boshqa, ya’ni Qur’on va hadisda kelgan haromning hukmlarini inkor qilish bilan barobarmi? To‘g‘rirogi aynan sigaret va nosning haromligini inkor etish insonni kufr keltirishiga olib keladimi? Javobingiz uchun oldindan ming tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Barobar emas. Kofir bo‘lmaydi. Qattiq gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:59 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar