iymon kitobida

Assalamu alaykum hazrat." Iymon" kitobida yulduzlar ilmi olimlarini munajjimlar deb yozilgan. Bizni ustozimiz "yulduzlar va koinotdagi harakatlarni astronomlar o‘rganadi. munajjim- bu astrolog. astrologlar- yulduzlarni inson taqdiriga ta‘sirini o‘rganadi" degandilar. shu masalani yoritsangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ustozingiz kimligini bilmayman-u, ammo arab tilini bilmaydigan odam ekan. Munajjim so‘zi arabcha “najm” so‘zidan olingan ismi foildir. Najm esa, yulduz degani. Munajjim yulduzni o‘rganuvchi degan ma’noni beradi. Xuddi shu so‘z ajnabiy tilda astronom deyiladi. Astrolog esa, yulduzga qarab fol ochuvchi deganidir. Bu erda ikkisida ham “astro” so‘zi borligiga e’tibor bering. Ustozingiz va u kishiga o‘xshaganlarni bu ma’noda adashtirgan narsa ham shu. Ular arab tilini bilmay ajnabiy tildagi gaplarni bir-biriga aralashtirib yuboradilar.

8 May 2022, 01:23 | Savol-javoblar | 159 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar