Sadaqa qilish
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im va farzandlarim bilan chet davlatlaridan birida yashaymiz. Erimni qarmog‘idaman, ya’ni ishlamayman, farzandlarim tarbiyasi bilan shug‘ullanaman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oilalari saxobiya ayollarni xayotlarini qilgan savobli amallarini o‘qib, men xam ular kabi exson sadaqalar qilgim keladi. Erimni qarmog‘ida o‘tirib qay usul bilan sadaqa yoki exson qilsam bo‘ladi? Biz yashab turgan shaxarda xam o‘zbeklar bor, lekin erkakligi sabab ularni oldiga borib exson qilishga uyalaman, qo‘shnilarimiz xam o‘ziga to‘q. Erkaklarga oson, xoxlagan paytda va xoxlagan erida ushbu savobli ishlarni qilishadi, biz ayollarga yo‘l ko‘rsatsangizlar. Biz xam ushbu savobli ishlardan baxramand bo‘lsak!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishining uyida eri va bolalari uchun qilgan har bir amali ehson. Hatto uydagi cho‘pni olib axlatga tashlashning o‘zi ham ehson. Har bir idish yuvishi, ovqat pishirishi, kir yuvishi ehson. Ota-ona farzandiga go‘zal tarbiya berishdan ortiq ehsonni qilolmaydi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 01:23 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar