Gipsdagi odam g‘usl qilishi

Assalamu alaykum! Bir tanishimga g‘usul vojib-u lekin g‘usul qila olmaydi. Sababi shundaki oyoqlari singan(aniqrog‘i yorilgan. Tanani 100% deyadigan bo‘lsak, 55% lari gipsda). Namozni esa g‘usul vojib bo‘lganidan keyin g‘usulsiz o‘qib bo‘lmaydi. Shunday holatda dinimiz qanday yo‘l yo‘riq ko‘rsatadi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bundan osoni yo‘q. Ochiq joyda yotib olib, gips tarafga suv o‘tmaydigan qilib tselofan o‘rab, og‘iz burnini chayib, birortasiga shu suvni quyib yubor desa yoki o‘zi ustidan suv quyib yuborsa g‘usl bo‘ladi. Ishton va kiyimlarini almashtirayotgandir... Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:06 | Savol-javoblar | 167 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar