Allohga berib qilmasa nima bo‘ladi
Assalomu alaykum! Allohga berilgan axdida turmasa gunoxkor bo‘ladimi? Allohga berilgan axd buzilsa nima bo‘lishi tushuntirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohga bergan va’dasini buzsa gunohkor bo‘ladi. Alloh taolo "Nahl" surasida marhamat qiladi: وَأَوْفُواْ بِعَهْدِ اللّهِ إِذَا عَاهَدتُّمْ وَلاَ تَنقُضُواْ الأَيْمَانَ بَعْدَ تَوْكِيدِهَا وَقَدْ جَعَلْتُمُ اللّهَ عَلَيْكُمْ كَفِيلاً إِنَّ اللّهَ يَعْلَمُ مَا تَفْعَلُونَ وَلاَ تَكُونُواْ كَالَّتِي نَقَضَتْ غَزْلَهَا مِن بَعْدِ قُوَّةٍ أَنكَاثًا تَتَّخِذُونَ أَيْمَانَكُمْ دَخَلاً بَيْنَكُمْ أَن تَكُونَ أُمَّةٌ هِيَ أَرْبَى مِنْ أُمَّةٍ إِنَّمَا يَبْلُوكُمُ اللّهُ بِهِ وَلَيُبَيِّنَنَّ لَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ 91. Agar ahdlashsangiz, Allohning ahdiga vafo qiling. Qasamlarni ta’kid qilinganidan so‘ng buzmang. Batahqiq, Allohni o‘zingizga kafil qilgansiz-a! Albatta, Alloh nima qilayotganingizni bilur.
92. To‘qigani quvvatli bo‘lganidan so‘ng uni tarqatib yuborgan xotinga o‘xshab, bir ummat boshqa ummatdan ziyodroq bo‘lgani uchun, qasamlaringizni orangizga aldov vositasi qilib olmang. Albatta, Alloh bu bilan sizni sinamoqda, xolos. Albatta, U qiyomat kuni nima haqida ixtilof qilganingizni bayon qilib berur.
Oyati karimadagi “Allohning ahdi” birikmasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qilingan bay’atni o‘z ichiga oladi. U, Alloh buyurgan har bir yaxshi amalni qilish uchun berilgan ahdni ifoda etadi. Bu haqida o‘tgan suralardagi xuddi shu ma’noda kelgan oyatlar tafsirida mufassal so‘z yuritilgan edi. Ahdga vafo qilish ayrim shaxslar, turli jamoalar, davlatlar va nihoyat, insoniyat bilan jamiyat orasidagi o‘zaro ishonchni ushlab turadi. Bu orqali ular o‘zaro birlashib turadi. Agar, Xudo ko‘rsatmasin, ahdga vafo qilish yo‘qolsa, ishonch ketadi. Shuning uchun ham Qur’oni Karimda bunga alohida ahamiyat berib:
“Agar ahdlashsangiz, Allohning ahdiga vafo qiling”, deyiladi.
Demak, ahdga vafo qilishlik musulmon inson uchun juda ham muhim ish. Har qanday ahd uning uchun Alloh taologa berilgan ahdga aylanib qoladi. Shuning uchun musulmon inson Allohga bergan ahdiga qandoq ahamiyat ila qarasa, bandaga bergan ahdiga ham shundoq ahamiyat ila qaramog‘i lozim.
“Qasamlarni ta’kid qilinganidan so‘ng buzmang”.
Siz ahdlashayotib, uni ta’kidlash uchun Allohning nomi ila qasam ichgansiz, siz qasamxo‘r bo‘lib qolmang. Siz ahdlashayotib, qasam ichish ila:
“Batahqiq, Allohni o‘zingizga kafil qilgansiz-a!”
Ha, o‘sha bay’atga, ahdnomaga, o‘zingiz tuzgan hujjatga ta’kid bo‘lishi uchun Allohning nomini qo‘shish ila o‘zingizga Allohni kafil, shohid – guvoh qilib olgansiz-a! Siz qasam ichib, ahdlashib qo‘yib, yana bilganimni qilaveraman, kim bilib o‘tiribdi, deb o‘ylamang.
“Albatta, Alloh nima qilayotganingizni bilur”.
Hamda o‘sha bilimi asosida jazoingizni berur. Ahdga vafo qilish juda muhim masala bo‘lganidan, uni kishilarga yanada chuqurroq tushuntirish maqsadida kelasi oyati karimada zarbulmasal ham keltiriladi:
To‘qigani kuchli bo‘lgandan so‘ng uni so‘kib yuborgan xotinga o‘xshab, bir ummat boshqa ummatdan ziyodroq bo‘lgani uchun, qasamlaringizni orangizga aldov vositasi kilib olmang. Albatta, bu bilan sizni Alloh sinamokda, xolos. Albatta, u qiyomat kuni nima haqida ixtilof qilganingizni bayon qilib berur.
Ushbu oyati karimada avval ahdlashib, so‘ngra ahdini buzgan odamlar ip bilan bir narsani mustahkam to‘qib bo‘lib, keyin so‘kib-tarqatib yuborgan esipast xotinga o‘xshatilmoqda. Deylik, bir xotin kuch-quvvat, vaqt va hunar sarflab bir narsani to‘qiydi. Oddiy ipdan o‘ziga ham, boshqaga ham foyda keltiradigan narsani chiroyli qilib bitiradi. Ammo undan o‘zi ham, o‘zgalar ham foyda olmasdan turib, darhol so‘kib tarqatib yuboradi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga bay’at qilib, so‘ngra uni buzgan yoki ahdnoma tuzib, unga amal qilmagan, qasam ichib turib, qasamidan tongan odamlar ham xuddi o‘sha aqli past xotinga o‘xshaydilar. Ular yaxshi niyat bilan bay’at qiladilar, ahdnoma tuzib, uni ta’kidlash, quvvatli qilish maqsadida Allohning nomi ila qasam ham ichadilar. Shu bilan o‘zlariga ham, boshqalarga ham foydali, savobli ulug‘ ishga qo‘l uradilar. Ammo, bir oz o‘tmasdan, ahdlarini buzadilar. Ularning foydali ishi parokanda bo‘lib, ahd tuzilishidan oldingi holga qaytadi. Ahdni buzuvchi odamning bu ishi xuddi o‘zi to‘qigan narsani o‘zi tarqatib yuborgan tentak ayolning ishiga o‘xshaydi. Ahdni buzish, asosan, o‘z manfaatlarini ko‘zlab, ko‘proq kuchli tomonga yaltoqlanish maqsadida bo‘lgani uchun, oyatda:
«To‘qigani kuchli bo‘lgandan so‘ng uni so‘kib yuborgan xotinga o‘xshab, bir ummat boshqa ummatdan ziyodroq bo‘lgani uchun, qasamlaringizni orangizga aldov vositasi qilib olmang», deyilmoqda.
Ahdiga bevafo, subutsiz shaxslar bir narsaga qasam ichib qo‘yib, keyin qasamxo‘r bo‘lib ketaveradi. Kasamini odamlarni aldash vositasi qilib oladi. Aslida, u odam subutsiz bo‘lgani uchun hech kim uning gapiga ishonmay qo‘ygan bo‘ladi. U aldoviga odamlarni ishontirish maqsadida qasam ichadi. Ammo qasamxo‘r, so‘zini ahdu paymon, quvvatlangan muqaddas va’da emas, balki kishilarni aldash vositasi, deb biladi. Bugun birov bilan bir narsani ahdlashgan bo‘lsa, ertasiga kuchliroq boshqasini ko‘rib qolsa, kechagi ahdini buzib, kuchli bilan ahdnoma tuzaveradi. O‘sha vaqtda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bay’at qilgan ba’zi kishilar musulmonlar oz, kofirlar ko‘p va kuchli bo‘lgani uchun ham bay’atlarini buzgan ekanlar. Alloh taolo shunday subutsizlikdan qaytarmoqda. Ahdu paymon masalasida e’tiqodga qaralmaydi. Ya’ni turli e’tiqoddagi odamlarga ham vafo qilinishi lozim. Kelasi jumlada bunday holat sinov uchun bo‘lishi aytilmoqda:
«Albatta, bu bilan sizni Alloh sinamoqda, xolos».
Ya’ni Alloh kim ahdida turishi-tura olmasligini sinash uchun bir ummatni boshqasidan kuch-quvvat va sonu molda ziyoda qilib qo‘ydi.
“Albatta, U qiyomat kuni nima haqida ixtilof qilganingizni bayon qilib berur».
Alloh taolo kimning va’dasiga vafoli, qasamiga sodiq, ahdida mustahkamligini ham, kimning bevafo, qasamxo‘r, aldoqchi ekanini ham, shuningdek, yana boshqa turli ixtilofli masalalarning hammasini birma-bir aytib beradi. (“Tafsiri hilol kitobidan”). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 14:40 | Savol-javoblar | 166 | Ta’lim va muta’allim