Molga pul to‘ladim, lekin kelmadi

Assalomu alaykum! Men savdo qilardim, menga mol jo‘natib turardi chet eldan, boshida yaxshi edi, keyingi jo‘natgan tovari qo‘limga kelmadi. U odam jo‘natgan, lekin sabablar bilan qo‘limga kelmadi. Men pulini oldindan to‘lab bir oy kutgandim, summa oz emas etarlicha, mol kelmagach men qarzga kirib ketdim. Savdo barbod bo‘ldi, odamlar pulini so‘rab do‘q-po‘psalar qilishdi. Molni jo‘natgan odamga “mol kelmadi pulimni qaytarib bering, qarzlarimni to‘lay” desam 8 oy bo‘ldi qaytarmayapti. U “o‘lsam bolalarim qaytaradi” deydi. Xozirgacha qarzman odamlardan, birovlar aytadi u molni jo‘natgan-ku, u qarz emas deydi, lekin molni jo‘natgan odam qo‘lingacha etqazib beraman degandi. Aytingchi u menga qarz emasmi?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘lingacha etkazib beraman degan bo‘lsa qarz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:06 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar