Suv tegsa zarar qiladi

Assalomu alaykum! Yoshim 17da namoz o‘qiyotganinga yarim yildan oshdi alhamdulillah 2-3 kundan bari betob bo‘lib qoldim to‘g‘rirog‘i badanimga toshma toshib ketti. Shunday bo‘lsam namozni o‘qib to‘la to‘kis ado qilyapman. Lekin toshmalarmga suv tekkizish sovuqqa chiqish mumkin emas ekan. Uydagilarim 2-3 kun to‘xtatib turgin namozni Alloh ruxsat bergan betobligingda namoz o‘qimaslkka dedilar. Men to‘xtatgim kelmayapdi. Axir xar kun benamoz 72 sajdani inkor qiladi. Men 2 kun o‘qimasam qazolarm ko‘payp ketadi. Alloh shifo berguncha qazo qilib o‘qisam xam bo‘laveradami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz haqiqatda suv tekazish zarar qilsa va buni ishonchi musulmon tabib aytgan bo‘lsa, yuvish mumkin bo‘lgan joylarni yuving mumkin bo‘lmagan joylarga mash torting. Shunda qazosini qilmaysiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 172 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar