1000 tadan 1 ta jannatiy

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan birida saxobalariga insonlarning faqat 1000tadan 1 tasi jannatiy bo‘lishini aytganlarida saxobalar xushdan ketishibdi va ularni qolgan 999 tasi ya’juj va ma’jujga to‘g‘ri kelishini aytib ularni tinchlantiribdilar. Ushbu hadisdagi 999 tasi ya’juj va ma’jujga to‘g‘ri kelishini unchalik tushunolmadim. Bu erda nima nazarda tutilgan? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jannat ahli juda kam bo‘ladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «أَوَّلُ مَنْ يُدْعَى يَوْمَ الْقِيَامَةِ آدَمُ، فَتَرَاءَى ذُرِّيَّتُهُ فَيُقَالُ: هَذَا أَبُوكُمْ آدَمُ. فَيَقُولُ: لَبَّيْكَ وَسَعْدَيْكَ. فَيَقُولُ: أَخْرِجْ بَعْثَ جَهَنَّمَ مِنْ ذُرِّيَّتِكَ. فَيَقُولُ: يَا رَبِّ، كَمْ أُخْرِجُ؟ فَيَقُولُ: أَخْرِجْ مِنْ كُلِّ مِائَةٍ تِسْعَةً وَتِسْعِينَ». فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، إِذَا أُخِذَ مِنَّا مِنْ كُلِّ مِائَةٍ تِسْعَةٌ وَتِسْعُونَ، فَمَاذَا يَبْقَى مِنَّا؟ قَالَ: «إِنَّ أُمَّتِي فِي الْأُمَمِ كَالشَّعَرَةِ الْبَيْضَاءِ فِي الثَّوْرِ الْأَسْوَدِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Qiyomat kuni birinchi chaqiriladigan kishi Odamdir. Zurriyoti uni ko‘radi va ularga «Bu otangiz Odamdir», deyiladi. U: «Labbayka va sa’dayka»,* deydi. U Zot: «Zurriyotingdan jahannamga yuboriladiganlarni chiqar», deydi. U: «Qanchasini chiqaray?» deydi. U Zot: «Har yuztadan to‘qson to‘qqiztani chiqar», deydi». Shunda: «Ey Allohning Rasuli, har yuztadan to‘qson to‘qqiztamiz olinsa, bizdan kim qoladi?» deyishdi. «Ummatim boshqa ummatlar ichida qora ho‘kizdagi oq tukdek (ozchilik)dir», dedilar».

* «Labbay, amringga muntazirman» degan ma’noda. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ : عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَقُولُ اللهُ تَعَالَى: يَا آدَمُ. فَيَقُولُ: لَبَّيْكَ وَسَعْدَيْكَ، وَالْخَيْرُ فِي يَدَيْكَ. فَيَقُولُ: أَخْرِجْ بَعْثَ النَّارِ. قَالَ: وَمَا بَعْثُ النَّارِ؟ قَالَ: مِنْ كُلِّ أَلْفٍ تِسْعَمِائَةٍ وَتِسْعَةً وَتِسْعِينَ، فَعِنْدَهُ يَشِيبُ الصَّغِيرُ،  كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى النَّاسَ سُكَارَى وَمَا هُم بِسُكَارَى وَلَكِنَّ عَذَابَ اللَّهِ شَدِيدٌ». قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، وَأَيُّنَا ذَلِكَ الْوَاحِدُ؟ قَالَ: «أَبْشِرُوا، فَإِنَّ مِنْكُمْ رَجُلٌ، وَمِنْ يَأْجُوجَ وَمَأْجُوجَ أَلْفٌ». ثُمَّ قَالَ: «وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، إِنِّي أَرْجُو أَنْ تَكُونُوا رُبُعَ أَهْلِ الْجَنَّةِ». فَكَبَّرْنَا. فَقَالَ: «أَرْجُو أَنْ تَكُونُوا ثُلُثَ أَهْلِ الْجَنَّةِ». فَكَبَّرْنَا. فَقَالَ: «أَرْجُو أَنْ تَكُونُوا نِصْفَ أَهْلِ الْجَنَّةِ». فَكَبَّرْنَا. فَقَالَ: «مَا أَنْتُمْ فِي النَّاسِ إِلَّا كَالشَّعَرَةِ السَّوْدَاءِ فِي جِلْدِ ثَوْرٍ أَبْيَضَ، أَوْ كَشَعَرَةٍ بَيْضَاءَ فِي جِلْدِ ثَوْرٍ أَسْوَدَ  Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh taolo: «Ey Odam», deydi. U: «Labbay, amringga muntazirman! Yaxshilik Sening qo‘lingda», deydi. U Zot: «Do‘zaxga yuboriladiganlarni chiqar», deydi. U: «Do‘zaxga yuboriladiganlar qancha?» deydi. U Zot: «Har mingtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi», deydi. Ana shunda go‘dakning sochi oqarib ketadi, «har bir homilador homilasini tashlaydi va odamlarni mast holatda ko‘rasan, holbuki, ular mast emaslar. Lekin Allohning azobi qattiqdir».  «Ey Allohning Rasuli, o‘sha bir kishi qaysi birimiz?» deyishdi. U zot: «Xushnud bo‘ling, chunki sizlardan bir kishi, Ya’juj va Ma’jujdan esa ming», dedilar. So‘ngra «Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men jannat ahlining to‘rtdan biri sizlar bo‘lasiz deb umid qilaman», dedilar. Biz takbir aytdik. «Jannat ahlining uchdan biri sizlar bo‘lasiz deb umid qilaman», dedilar. Biz takbir aytdik. «Jannat ahlining yarmi sizlar bo‘lasizlar deb umid qilaman», dedilar. Biz takbir aytdik. Shunda u zot: «Sizlar odamlar orasida oq ho‘kizning terisidagi bir dona qora tuk yoki qora ho‘kizning terisidagi bir dona oq tukka o‘xshaysizlar», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy").  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 154 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar