Ro‘zam qabulmi

Assalomu alaykum! Saharlik vaqti kirishiga taxminan 2-3 soat qolganda ishtaha yo‘qligi sabab uxlash maqsadida og‘izni yopgan bo‘lsa, ammo ishtaha uyg‘onibmi, chanqabmi yoki ayoli bilan qo‘shilishni xohlabmi og‘zini ochsayu, yana vaqt kirmasdan yopsa, shu kungi ro‘za ro‘zami? Yoki umuman shunday qilish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Vaqt chiqib ketmagan bo‘lsa ro‘zasi durust. Taqvimdan 20 daqiqalar avvalroq yopish mustahab. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 128 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar