Kim xaq, kim noxaq

Assalomu alaykum! Biz Turkiyadan xolodilnik uskunalar sotib oldik, uni O‘zbekistonga olib kelishimiz uchun 3 dona katta yuk mashinasi kerak bo‘ldi, xolodilnik uskunalari yasab bergan tashkilot hamma uchala furani 1 so‘mga O‘zbekistonga olib borib berishini aytdi, biz pulni to‘ladik. Fura yo‘lga chiqdi, yarim yo‘lga kelganda Turkiya firmasi adashganini, hamma fura 1 so‘m emas, balki 1 dona fura 1 so‘m ekanligini aytib 3 so‘m bo‘lishini tushuntirdi, endi o‘rtada nizo bo‘lib turibdi, qanday yo‘l ko‘rsak xaqqimiz ularga o‘tmaydi va ularning xaqqini ham egan bo‘lmaymiz? (Haqiqatda bir dona fura 1 so‘mga kelishini biz ushbu vaziyatda bilar edik, bizga arzon bo‘ldi, qulay bo‘ldi deb o‘ylagan edik)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vijdoningizdan so‘rang. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar