Otadan olingan qarzlar vafotdan keyin qaytarilsa

Assalamu alaykum shayx hazratlari! Savolimni berish uchun sal tushintirishimga to‘g‘ri keladi. Dadajonim (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) ko‘p qo‘li ochiq, yaxshi inson edilar. Kim qarz yo narsa so‘rab kelsa beraverganlar, qachon topsa beradi derdilar, qarzlarini o‘sha insonlardan so‘ramasdilar. Endi dadamni vafotlaridan keyin o‘sha insonlar qarzlarini olib kelib berishyapti, biz bilmasdan u pullarni shariat bo‘yicha taqsimlab oldik, 6 ta akam, men va ayam. Biz hammamiz o‘zimizga to‘qmiz, hadeb dadammi pullari ya’ni qarzlari kelaversa taqsimlashimiz shartmi? Keyin u pullarga zakot berilishi kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taqsimlash shart. Har kim o‘z qo‘lidagi puldan zakot beradi.

5 May 2022, 08:57 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar