Ne saxarnыy diabet

Assalomu alaykum! Ustozlar mani bermokchi bugan savolim shuki: onamni ne saxarnыy diabet kasalliklari bor, bu kasallik turida miyadaga garmon ishlab chikaradigan kichik bir markazi ishdan chikar yani garmonlarni uz vaktida yaxshi ishlab chikarib bera olmas ekan, ular xozirda bir kunda ikki maxal bazida kamlik kilsa uch turt maxal xam burunlariga garmon dori tomizib yuradilar fakatgina bir tomchi agar uni tomizmasalar vaktida extiyoj sezilgan vaktda xar soatda xaloga katnaydilar Va bu xolat ni deb yani kup katnashni deb tanadagi bor kaltsiy lari chikib ketadi tanalarida oyoklarida ogrig boshlanadi va yana boshka asorati tinmay suv ichadilar salgina gapirsalar xam ogizlari kurib kolaveradi, kecha birinchi ro‘za kuni ro‘za tutdilar lekin kiynaldilar kegin dorini tomizdilar ogiz ochilishidan avval doktor bu dorini xalkumga utmaydi srazu miyayaga ketadi degan ekan kecha yaxshigina katnab (xojatga) ancha kiynalganliklari sababli bugun tutmadilar, bu kasallikdan 100%dan 5 yoki 10% gina tuzalib ketar ekan, onam ga ro‘zani kazolarini tutishlik vojib buladimi yoki dori kuysalar xam tutaversinlarmi? Yoki tuzilishiga umid juda kam bulganligi sababli fidya berishlari vojib bulaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar siz aytgandek bo‘lsa, hozircha ro‘za tutmay tursinlar. Qishda kunlar qisqa bo‘lganida qazosini tutishga harakat qilib ko‘rsinlar. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 142 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar