Raxbar va xodimlarning amali

Assalomu alaykum! Savdo firmasi bor. Savdo firmasi raxbari bazida xodimlariga mijozlarga yolg‘on gaplar aytishga undaydi va xodimlar mijozga yolg‘on so‘zlar ishlatishadi. Undan tashqari ofisda TV bor. Uni rus musiqa kanaliga sozlab qo‘yishadi. Bazida mijoz kelganda shartnoma tuzilganda narxni qimmatroq qilib ko‘rsatib masalan 1000 so‘mlik narsani 1200 qilinadi. Xaridor xam qaysidur korxonada taminotchi bo‘lib ishlaydi. Yani taminotchi xam o‘z raxbarini aldab asli 1000 so‘mlik narsani 1200 qilib shartnoma tuzib keladi va bu shartnomadagi narxga ishonib raxbar imzo chekadi va pul to‘laydi. Taminotchi esa pul to‘langandan so‘ng xaligi ustiga qo‘yilgan 200 so‘m pulni cho‘ntakka urib o‘z raxbari xaqiga xiyonat qiladi, savdo firmasi esa bu gunoxga imkon qilib beradi. O‘sha savdo firmasida ishlayotgan bir inson raxbarga yolg‘on aralashtirib savdo qilish gunox ekanligini, TV da bemani musiqa faxsh klipni ko‘rsatib qo‘yishi yaxshi ish emasligi, narxni ustiga qo‘yib taminotchiga pul chiqarib berib uni o‘z raxbarini aldab xarom ish qilayotgani va savdo firmasi bu gunoxga vositachilik qilayotganini raxbarga aytadi. Lekin bu nasixatlar tasir qilmaydi. Agar savdoda yolg‘on ishlatmay, birovni xaqiga xiyonat qilishga vositachi bolmay, TV dagi faxsh kliplarni tomosha qilmay ishlasa mumkinmi bu firmada yoki mazkur ishlardan saqlansa xam baribir bu gunoxlarga o‘sha inson xam sherikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U erda xiyonat ishlariga sherik bo‘lmasdan ishlash mumkin. Ya’ni 1000 so‘mlik narsani 1200 deb kelishish kabi ishlarni qilmaslik kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 128 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar