Poraga kiradimi
Assalomu alaykum! Ustozlar, farm kompaniyalar o‘z dori maxsulotlarini vrachlarga foydalanish ya’ni vrach bemorga yozib sottirgani uchun beradigan sovg‘asi yoki naqd pulda oldindan kelishib olgan xolda bersa xalol ish bo‘ladimi? Shunga o‘xshagan javobingizni o‘qidim, lekin shartnoma qilib kelishib aniq shuncha yozsen shuncha beraman deb oldindan pulini berib kelishib ishlash to‘g‘rimi? Shuni bilmoqchiman. Oldindan rahmat Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hozirgi kunda doktorlar bemorlarga kerakli dorilar bilan birga keraksizlarini ham qo‘shib yozib berishadi. Yoki tarkibi bir xil bo‘lgan nomi boshqa-boshqa dorilarni yozib berishadi. Bu ish bemorning haqqiga xiyonat qilish hisoblanadi. Bemorning molini botil yo‘l bilan eyish hisoblanadi. Vaholanki kerakli deb yozganida ham xiyonat bor. Chunki o‘sha kerakli deb yozgani ham kasallikni tomirini quritish uchun emas, balki uni bargi yoki shoxini quritish uchungina bo‘ladi. Ularni shu yo‘l bilan qurgan uylari ham boshqa olgan mollari ham halol bo‘lmaydi. Ular quyidagi hadisga yuzga-yuz tushadilar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَتَدْرُونَ مَا الْمُفْلِسُ؟ قَالُوا: الْمُفْلِسُ فِينَا مَنْ لَا دِرْهَمَ لَهُ وَلَا مَتَاعَ، فَقَالَ: إِنَّ الْمُفْلِسَ مِنْ أُمَّتِي مَنْ يَأْتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِصَلَاةٍ وَصِيَامٍ وَزَكَاةٍ، وَيَأْتِي قَدْ شَتَمَ هَذَا، وَقَذَفَ هَذَا، وَأَكَلَ مَالَ هَذَا، وَسَفَكَ دَمَ هَذَا، وَضَرَبَ هَذَا، فَيُعْطَى هَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ وَهَذَا مِنْ حَسَنَاتِهِ، فَإِنْ فَنِيَتْ حَسَنَاتُهُ قَبْلَ أَنْ يُقْضَى مَا عَلَيْهِ أُخِذَ مِنْ خَطَايَاهُمْ فَطُرِحَتْ عَلَيْهِ ثُمَّ طُرِحَ فِي النَّارِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kasodga uchragan kimligini bilasizlarmi?» dedilar.
«Bizning ichimizda kasodga uchragan dirhami ham, matohi ham yo‘q odam», deyishdi.
«Albatta, ummatimdan kasodga uchragani qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan kelgan, ammo buni so‘kkan, buni zinoda ayblagan, buning molini egan, buning qonini to‘kkan, buni urgan odamdir.
Bunga uning savoblaridan berilur, anavinga ham uning savoblaridan berilur. Agar uning zimmasidagi narsa tamom bo‘lmasdan avval savoblari tugab qolsa, ularning xatolaridan olinib, uning ustiga tashlanur. So‘ngra u do‘zaxga tashlanur», dedilar».
Sharh: To‘liq ma’noda kasodga uchragan odam bu dunyoda odamlarga yomonlik qilgan kishi ekan. Ushbu hadisi sharifda o‘sha kasodga uchraganlarning eng yaxshisi haqida so‘z ketmoqda. Chunki u qiyomat kuni namoz, ro‘za, zakot bilan kelgan bo‘ladi.
Ammo u bu kabi ibodatlar bilan kelgan bo‘lsa ham o‘sha dahshatli kunda og‘ir ahvolda qoladi. Chunki u bu dunyoda buni so‘kkan, buni zinoda ayblagan, buning molini egan, buning qonini to‘kkan, buni urgan odam bo‘lgan edi.
Shu erda kishini kasodga uchratadigan, uning ibodatlarini ham puchga chiqaradigan yomonliklardan ushbu hadisi sharifda zikr qilinganlarini sanab o‘taylik:
1. Birovni so‘kish.
2. Birovning obro‘sini to‘kish.
3. Birovning molini eyish.
4. Birovning qonini to‘kish.
5. Birovni urish.
Mana shu ishlarni qilgan odam qiyomat kuni kasodga uchrashi turgan gap. Avval o‘sha kasodga uchragan baxtsizning savoblari bo‘lsa, ularni olib, undan yomonlik ko‘rgan bechoralarga taqsimlab beriladi.
Keyin esa mazkur kasodga uchragan baxtsizning ustiga bu dunyoda uning yomonligidan zarar topgan bechoralarning gunohlari yuklanadi.
Oxirida o‘sha kasodga uchragan baxtsiz jahannamning qa’riga uloqtiriladi.
Ana, ko‘rdingizmi, birovni so‘kish, birovning obro‘sini to‘kish, birovning molini eyish, birovning qonini to‘kish va birovni urish qanday ham yomon ish! Bas, bularga o‘xshagan yomon ishlardan saqlanaylik. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:40 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom