Dastur yaratish

Assalomu alaykum! Men yaqinda yangi dastur yaratmoqchiman unga ko‘ra kimdir ish beradi, boshqa Bir inson esa o‘ziga ish qidiradi. Ishlar turi ko‘p. Men programma yaratishim kerak. Shu programma yaratish halolmi? Bu programma olx.ga o‘xshaydi, lekin faqat ish bo‘yicha. Bu orqali kimdir ish topadi yana kimdir ish topadi. Agar ular gunoh qilishsa gunohlariga sherik bo‘lmaymanmi? Men faqat dasturchiman, uni tuzib beraman xolos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol bo‘lgan ishlarni ro‘yxatini kirgizsangiz, ular dasturdan foydalanib ish topib harom ishlarni ham qildirishsa siz javobgar bo‘lmaysiz. Albatta, agar aqlingiz etsa sohangiz bo‘yicha harom ishlarni qilolmaydigan qilib qo‘ying. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar