Odam atodan 5ta vasiyat

Assalomu alaykum! Kecha bir to‘yda domla ma’ruza qilib, Odam alayhissalom 5ta vasiyat qoldirganligi, ulardan biri, "ayol kishini gapiga, havoi-nafsiga ergashmaslik kerak, sababi men juftim Havvoni gapiga kirib, havoi-nafsimga ergashib, Alloh taolo "ema" degan mevani eb jannatdan erga tushirildim". Keyin biror ishni qilishdan oldin maslahatlashish kerakligi, sababi "agar men farishtalar bilan maslahatlashganimda ular ta’qiqlangan mevani emasligimni aytishar edi" degan va boshqa vasiyatlarni ham aytgan ekan. Lekin dinimizda "agar bundoq qilganimda mundoq bo‘lar edi" deb afsuslanish qazoi-qadarga qarshi chiqishlik, Allohning taqdiriga rozi bo‘lmaslik deb o‘rgatilgan edi. Odam alayhissalomdan shunday vasiyatlar kelganmi? Va yana "Alloh ta’lo Odam Atoga uning chap qovurg‘asidan juft qilib Havvo onamizni yaratgandan so‘ng ular jannatda farzandlik bo‘lishgan" deb ham aytdi. Iltimos, shular haqida ma’lumot bersangizlar, bizga ilm bo‘lib qolar edi.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odam alayhissalom o‘g‘illari Shish alayhissalomga vasiyat qilganligi haqidagi rivoyat bor, lekin sahih yoki sahihmasligi aniq emas. Bu qissa shia mazhabidagilarning kitobida ko‘proq uchraydi. Ibni Kasir rohimatullohi alayh ham o‘zlarining “al-Bidoya vannihoya” kitoblarida ham Odam alayhissalomning o‘g‘illariga vasiyat qilgan rivoyatni keltirganlar. Lekin siz keltirgandek emas. Qolaversa Odam alayhissalomning vasiyatini sahih deb aytganimizda ham, u kishining bu nasihatlari taqdirdan norozi bo‘lish emas, balki kishi o‘zi qilgan xatosidan ibrat olish hisoblanadi. “Havvo onamizni yaratgandan so‘ng ular jannatda farzandlik bo‘lishgan” degan gap to‘qimadir. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar