Isro surasida sajda oyati

Assalomu alaykum! Isro surasidagi sajda oyati 109-oyat ekanini o‘qigandim, ammo "Tafsiri xilol" elektron kitobida 107-oyat tafsirida "ushbu oyat sajda oyati" deb yozilgan. Aslida qay biri sajda oyati xisoblanadi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 107-109-oyatgacha sajda oyati hisoblanadi. Sajda vojib bo‘lishi uchun sajda so‘zi bilan yana bir so‘zni o‘qisa bo‘ldi. Sajda vojib bo‘laveradi. To‘liq oyatni o‘qish shart emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:00 | Savol-javoblar | 172 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar