Namoz qazo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda

Men ishlaydigan joyda, 70-80 ta odam ishlaydi, shulardan sanoqligimiz(8 kishi), qo‘limizdan kelgancha, hech kimga bildirmay namoz o‘qiymiz. Bitta kichkinagina xonada, galma-gal kirib chiqamiz, lekin oramizda bir do‘stimiz, juda uzoq namoz o‘qiydi. Misol uchun, Peshin namozini 40 minutgacha, Asr 30 min. Xona bitta bo‘lganligi sabablik, navbat yig‘ilib ketadi. O‘sha odam sabab, 4-5-6-7-8-kelib qolgan odam ish joyiga qaytishi kerakligi uchun namozi qazo bo‘lib qolgan sabablari ham bo‘ldi. Ish joyidan 20-30 minutga ketish mumkin. Kelishib ketma-ket borishni ham iloji yo‘q, hammamiz har xil otdelda ishlaymiz. Tushlik vaqtimiz ham har xil. Biz u odamga sharoitni tushuntirdik, joy bitta, namozxon 8 ta. “Uyingizda bo‘lsa yoki oxirgi bo‘lib o‘qisangiz boshqa gap, lekin bu erda unaqa shart-sharoit yo‘q” dedik. Samarasi bo‘lmadi va bo‘lmayapti. Agar u odam boshqalarni namozlarini qazo bo‘lishiga sabab bo‘lib to‘g‘ri ish qilayotgan bo‘lsa bizga, agar noto‘g‘ri ish qilayotgan bo‘lsa u kishiga nasihat qilsangiz. Biz hammamiz Telegrammdagi kanalingizga a’zomiz, iltimos savolimizga telegrammda javob bersangiz. Oldindan rahmat. Savolimni tushundingiz degan umiddaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U kishi xato ish qilayotgan ekan. Xususan olayotgan maoshiga ham shubha aralashadi. Chunki ish vaqtini odatiy miqdordan ortiqcha xususiy ibodatiga sarflashiga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:31 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar