Balo jonzotga uradimi?

Assalomu alaykum! Alloh xayrli ishlaringizni savobini kupaytirib bersin. Uyda jonzot boqilsa balo qazo unga uradi deb ko‘p odamlar jonzot boqadilar. Shu to‘g‘rimi? Oldindan javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Jonzot boqish ham xayrli ishlardan. Bunda ba’zan foyda ko‘rilmasada unga sadaqot qilib turiladi. Sadaqot balolarni daf qiladi degan ma’noda hadislar bor. Balo jonzodga uradi degan gap to‘g‘ri gap emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:03 | Savol-javoblar | 152 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar