Aqiqa haqida

Assalomu alaykum! Aqiqa qanday amal? Uni necha yoshigacha qilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aqiqa hanafiy mazhabida mustahab. Imom Muhammad rohmatullohi alayh “Sunnat” deganlar. (Fatavoi Hindiya). Imom Shofe’iy va imom Ahmad rohmatullohi alayhimlar  sunnati muakkada deganlar. (Roddul muxtor). Aqiqani qilish yoshi chegaralanmagan. Tug‘ilgan kunining ettinchi, o‘n to‘rtinchi va yigirma birinchi kunlari qilish mustahab. Ya’ni afzal. Ungacha qila olmasa, keyin qilish ham joiz. Shuningdek o‘g‘il bolaga ikkita, qiz bolaga bitta jonliq so‘yish ham sunnat. Mabodo o‘g‘il bolaga bitta so‘ysa ham sunnat ado bo‘ladi.
Aqiqaga tegishli beriladigan savollardan juda ko‘pi, aqiqa qilinadigan jonvorning qiymatini sadaqa qilish joizmi?
Joiz emas.
Paranda so‘ysa ham bo‘ladimi?
Aqiqa qilinadigan jonivorning eng kichkinasi echki va qo‘y. Undan boshqa g‘uli, xo‘roz kabi parrandalarni so‘yish qabih bid’atdir.
Ota-onasi go‘shtidan esa bo‘ladimi?
Bo‘ladi. Agar “Farzand ko‘rsam aqiqa qilaman” deb nazr qilgan bo‘lsa, o‘zi ham oila a’zolari ham eyishi joiz emas. Uni faqir miskinlarga sadaqa qilib yuborish vojib bo‘ladi.
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan tarafidan aqiqaga bir qo‘y so‘ydilar” deyilgan. (Mishkotul masobih). Vallohu a’lam.

21 Aprel 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 216 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar