Kompyuter o‘yinlar tuzish

Assalomu alaykum! Men dasturlashni o‘rganish jarayonida kompyuter o‘yinlarini tuzish bilan qiziqib qolgan edim. Shu  o‘yinlarni tuzish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa qanday qoidalar mavjud? Javobingiz uchun avvaldan minnatdorman.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1.   Siz aytgan o‘yinlar bolalarga kompyuter o‘rganishga yordam bersa va odob axloqini buzishga xizmat qilmasa, me’yorida foydalanish joiz. Ko‘nglingiz to‘lmayotgan bo‘lsa, boshqa ish toping.
Bu kabi o‘yinlarga ijozat bergan ulamolar quyidagi shartlarni qo‘yganlar:
- Namozni kechiktirishga sabab bo‘lmasin.
- Qimor aralashmasin.
- O‘ynovchi fahsh, yolg‘on va yomon so‘zlar aytmasin.
- Xiyonat, zulm, fisqu fujur va Allohning toatidan chiqish bo‘lmasin. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:50 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar