Bir oilada qurbonlik soni

Assalomu alaykum! Bizning oilada erim savdodagi puli va molidan, kaynonam o‘zining shaxsiy puli va molidan, men nisobdan oshgan tilla taqinchoqlarim xisobidan zakot beramiz. Ma’lumki, zakotga qodir bo‘lgan insonga qurbonlik ham farz xisoblanadi. Bizning oilada qo‘y so‘yib qurbonlik qilmoqchimiz. Men, qaynonam va erim barchamiz aloxida, ya’ni, 3 ta qo‘y so‘yib qurbonlik qilishimiz kerakmi yoki bitta qo‘y so‘yib qurbonlik qilishimiz mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har kishi alohida-alohida qiladi. Xohlasangiz bitta qoramol olib etti kishi sherik bo‘lib, qurbonlik qilsangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 09:21 | Savol-javoblar | 150 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar