Ilm olish 5 mahal namoz o‘rniga o‘tadimi

Assalomu alaykum! Men bir tanishimdan ilm fan bilan bilim olish bilan mashg‘ul bo‘lgan odamga namoz o‘qimasa ham 5 mahal namozning savobi tegadi deb eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar shu gapni o‘ylab gapirgan bo‘lsa iymonidan ajraganidan ehtiyot bo‘lsin. Alloh farz qilgan va dinning ustuni bo‘lgan amalni beqadr qilish, o‘qimasa ham bo‘laveradi deyish iymonga xatari bor. Odamlar bu narsani bir-birining muqobiliga qo‘yishga harakat qilishadi. Aslida ularni biri topilib, boshqasi topilmasligi tuzi yo‘q ovqatga o‘xshaydi. Yoki ko‘p tuz solinib masalliqsiz qolgan namakobga o‘xshaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:11 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar