TV ko‘rsatuvlar

Assalamu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislariga muvofiq nomahramga bir bor qaraganni ziyoni yo‘q, lekin ikkinchi bor qarashda gunoh bo‘lishi ma’lumdir. Mening so‘ramoqchi bo‘lganim TV ko‘rsatuvlarda va kinolarda bizga nomahram bo‘lgan ayollar va zavjamizga nomahram bo‘lgan erkaklar siymosi gavdalanadi. Mazkur ko‘rsatuvlar va kinolarni ko‘rishda beixtiyor aktyor, aktrisalar va boshlovchilarga nazarimiz tushadi. Ushbu holat shariat bo‘yicha qanday baholandi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat. Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savolingiz avvalda qanday tushungan bo‘lsangiz shunday. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar