Yangi uyga ko‘chish

Assalomu alaykum! Ustoz men oilada bitta o‘g‘il farzandman. Ikkita singlim ham bor. Urfga ko‘ra men ota-onam bilan yashashim kerak. Lekin hozirgi uyimiz bozor oldida bo‘lgani uchun har bozor begonalar kiraverib jonga tegadi. Hatto chaqirish odobini bilmaydi. Uyning yarmigacha kirib kelib “hojatga kirib chiqay, suv bering” va hokazo talablarda kiradi. Bu ishlar savob bo‘lgani uchun avvaliga ko‘ngan edim. Qarasam ular haddidan oshib ketishyapti. Katta odamlar ham o‘zini uyida yurganday yuradi. Qolaversa to‘y-marosimlarda dadam ulfatlari bilan uyda aroqxo‘rlik qilishi xonadondagi fayzni yo‘qotmoqda. Ularga buni tushuntirib bo‘lmadi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra boshqa yangi uyga ko‘chsam bo‘ladimi? Ammo ota-onam ko‘chishni istashmayapti. “Sen alohida yashasang yashayver” deyishmoqda. Qanday yo‘l tutay?
Bir joyda mevali daraxtlari bilan hovli bor ekan. Ammo uni odamlar “xosiyatsiz uy” deb yashamaydikan. Kim yashasa urishib qolaverarmish. Eri hosildor. Shuning uchun shu kabi uylarni sotib olib unda yashasa yoki dehqonchilik qilsa bo‘ladimi? Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 10:25 | Savol-javoblar | 209 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar