Javobingni berdm dedi

Assalomu alaykum! Akam telefonda ayoli bilan janjallashib gap orasida 3-4 marta javobingni berdim debti. Nikoh buzilgan bo‘ladimi endi? Avval ham bir marta shunaqa bo‘lganda nikoh o‘qitishgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Javobingiz berdim bilan taloq tushadi. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon guvohligida ko‘rish kerak.  Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 04:28 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar