Qo‘shnidan qarz
Assalomu alaykum! Biz qurilish boshlaganimizda moliyaviy tomondan qiynalib qolib bir qo‘shnimizdan 3.000.000 so‘m qarz so‘raganman (pulni qarzga deb so‘raganim aniq esimda). Qo‘shnim esa gap so‘zsiz menga aytgan pulimni olib chiqib bergan. Ayrim sabablarga ko‘ra qarzni aytilgan muddatdan 3-4 kun o‘tgandan keyin olib chiqib berdim, lekin qo‘shnim “men bu pulni qarzga bermaganman sizlarga yordam bo‘lsin deb berganman” deb pulni olishdan bosh tortdi. Oyim u kishining oyisi bilan gaplashganlarida gap orasida aytibdiki: qarz berganini eshitib dadasini jahllari chiqdi “qo‘shning uy qurib qiynalayotganda yordam qilish o‘rniga pul berib qaytarib olmoqchimisan” (shunga o‘xshash gap o‘tibdi). Endi men nima qilsam bo‘ladi, axir bu pulni qarzga deb olganmanku, qo‘shnim ham pul berayotganda bu qarz emas, hadya demagan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ixtiyoringiz, keyinchalik minnat qilishidan qo‘rqsangiz bering. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 04:28 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ixtiyoringiz, keyinchalik minnat qilishidan qo‘rqsangiz bering. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 04:28 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat