Sigaret sotuvchi firmada xisobchi
Assalomu alaykum! Ismim Bekzod. 26 yoshdaman. Kasbim xisobchi. Asosiy foaliyati sigaret sotish bilan shug‘ullanuvchi firmada oylikni xisoblaydigan xisobchi bo‘lib ishlasam bo‘ladimi? O‘zim chakmayman, xar bir namozni o‘z vaqtidan kechiktirmay o‘qishga xarakat qilaman. Firmani borib o‘rganganimda aksariyat xodimlari xam sigaret chakmas ekan va namozni o‘qir ekan. Umuman kollektiv do‘stona kayfiyatda, lekin savdo sigaret import qilib o‘zimizda sotish faoliyati?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sigaretni haromligiga fatvo berilgan. Harom narsani sotish hukmi nima bo‘lsa sigaretga ham tegishli bo‘lib qoladi. Ishchilarining hukmi ham shu hukmda bo‘ladi. Albatta biz o‘zimizdan halol yoki harom deb fatvo berolmaymiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 04:28 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom