Xazm kilishga yordam beradigan preparat
Assalomu alaykum! Bundan ancha oldin bir savolga bergan javobingizni o‘qib qolgan edik. Unda ko‘pchilik musulmonlarni qiynayotgan ovqat xazm qilishga cho‘chqaning oshqozon osti bezidan olinadigan pankreatin xalolmi yoki yo‘q degan savol tushgan edi. Sizlar xozirda ananas ekstraktidan olinadigan bromelayn moddasini chet eldan olib keltirib iching degan maslaxat berilgan edi. Alloh yo‘lida biz ushbu moddani chet eldan olib kelib "Bromelayn Vida Verde" nomi ostida ishlab chikarishni yo‘lga qo‘ydik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Maslahat berganimizni eslolmadik, lekin halol moddani keltirgan bo‘lsangizlar ulkan bir yaxshilikka yo‘l qo‘yibsizlar. Ammo sizlar keltirgan narsani haqiqatan halol yoki unday emasligini hali tekshirib ko‘rganimiz yo‘q. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 244 | Tabobat