Namozda imomlik qilish

Assalomu alaykum! Meni tajvidim bor, o‘zim talabaman, men ba’zida masjidlarda jamoat bo‘lib yo do‘stlarim bilan jamoat bo‘lib namoz o‘qimoqchi bo‘lsak ichimizda faqat meni tajvidim borligi uchun men imomlik qilishni so‘rasam bo‘ladimi, buni ba’zilar riyo deb o‘ylashi mumkin men shundan cho‘chiyman, shunday men tanimagan jamoatlar bilan namoz o‘qiydigan bo‘lib qolsam qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tajvidi yaxshilar bo‘lsa imomlikka o‘tsin – deb aytishingiz kerak. Bo‘lsa o‘sha odam o‘tadi, agar bo‘lmasa sizni o‘tishingiz bu riyo emas, shariat buyrug‘i bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 203 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar