Ko‘p xotinlik haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Erkak kishiga 4 tagacha xotin olish mumkinligi haqida bilamiz. Lekin ba’zi bir insonlardan eshitishimizcha, 4 tadan ko‘piga mumkin deyishyapti. Shu haqida aniq bir ma’lumot bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha gapni kim aytayotganiga qarang. Betayin odamlar aytadi. Hujjati va dalili yo‘q tarzda aytadi. Shundan bilib olaversa bo‘ladi. Bu gap mutlaqo noto‘g‘ri. Kim aytsa, bekor aytibdi!

26 May 2022, 18:54 | Savol-javoblar | 183 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar