Hadisdan qiyomat bashorati
Assalomu alaykum! Bugun ijtimoiy tarmoqlardan birida sharh yozilgan bir videoga ko‘zim tushdi va buni yaqin insonlarimga jo‘natib shu hadis saxixmi deb so‘radim. Sharhda aytilishicha:"Qoim soati yaqinida Arab cho‘li suv oqimlariga va yashil joylarga aylanadi"...deyilgan va Saudiya Arabistonidagi Qosim cho‘lida er ostidadan katta miqdordagi suvning ulkan ustuni paydo bo‘lgani va bu ikki hafta davomida to‘xtamayotgani to‘g‘risida aytilgan. Shu hadis saxixmi va men buni yaqinlarimga jo‘natib xato qiladimmi? uchun rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu haqida hadis bor. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، قَالَ : " لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى يَكْثُرَ الْمَالُ وَيَفِيضَ ، حَتَّى يَخْرُجَ الرَّجُلُ بِزَكَاةِ مَالِهِ ، فَلَا يَجِدُ أَحَدًا يَقْبَلُهَا مِنْهُ ، وَحَتَّى تَعُودَ أَرْضُ الْعَرَبِ مُرُوجًا وَأَنْهَارًا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kishi molining zakotini olib chiqib undan uni qabul qiladigan kishini topa olmaydigan darajada mol ko‘payib, hamma yoqqa tarqalmaguncha va arab erlari o‘tloqzor va anhorlar bor holiga qaytmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi” deganlar.
Muslim rivoyati.
Hozirda fan arab qumliklari ostida qachonlardir o‘rmonzorlar va daryolar bo‘lganini aniqladi. Yildan-yilga esa qumliklar yana o‘sha holiga qaytmoqda. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar