Birovning haqqi qolib ketgandi
Assalomu alaykum! Men vodiydanman. Uzoq yillar oldin guruch savdosi bilan shug‘ullanganman, bir xorazmlik sotuvchini ma’lum miqdordagi puli menda qolib ketgan (taxminan 25 kg go‘sht miqdoricha), adashib ko‘p guruch bergan. Men bilib turib qaytarib bermaganman, endi vijdon qiynalayapti. U odamni topolmayman, ko‘rsam xam tanimayman. Shu pulni nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qoida: Tez chiriydigan va aynidigan narsalarni egasini kutmasdan faqir miskinga sadaqa qilib yuboriladi. Egasi topilgach pulini beradi. Tez chirimaydigan buyumlarni bir yilgacha e’lon qilish kerak. O‘zi foydalanishi joiz emas. Shunda ham topilmasa nomidan sadaqa qilinadi, mabodo egasi topilsa pulini beradi. Topilmasa, u Alloh taoloning huzurida omonat bo‘ladi va qiyomat kuni egasi so‘raganida beriladi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 05:22 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat