Ushbu holatda gunohkor bo‘ldimmi?
Assalomu alaykum! Juma namozga tayyorgarlik qilib turganimda qo‘shni kelin qo‘lida ikkita non bilan chiqib qoldi va menga juma namoziga shu nonni o‘zim bilan olib borib, qaytib olib kelishimni iltimos qildi. Sababini so‘rasam chaqalog‘ini sutdan chiqarayotgan emish, qaynonasini aytishi bo‘yicha shunday irimi bor ekan. Shu paytda shu ishni qilmaslik uchun Chorsuga borishimni, u erdan chiqib boshqa joyga borishimni aytib yolg‘on gapirdim. Bu ishim bilan gunohkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yolg‘on gapirganingiz uchun gunohkor bo‘lasiz. Chiroyli yo‘l bilan, dinni to‘g‘ri tushuntirishga harakat qilish kerak edi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:56 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar